Bosh sahifa / Ekspert fikri: "O'zbekiston Jahon chempionatiga borib, sharmanda bo'lib qaytishi kerak emas"
abc
Ekspert fikri: "O'zbekiston Jahon chempionatiga borib, sharmanda bo'lib qaytishi kerak emas"
  • 2608 | 16.10.2025 06:05

O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlarida Kuvayt va Urugvayga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi.

Fabio Kannavaro uchun bu bellashuvlar o'ziga hos ilk xulosalalarni bergani tabiiy. Biz esa bu borada tajribali futbol mutaxassisi Ulug'bek Mirzaevni tingladik. "O'zbekiston milliy terma jamoamizning o'tkazgan oxirgi 2 ta o'yini haqida fikr bildiradigan bo'lsam, birinchi navbatda ikki xil taassurot qolganini aytishim mumkin. Bu o'yinlarda Fabio Kannavaroning chizgisi yoki undan birorta katta o'zgarish qilib yuborishini kutish umuman imkonsiz edi. Yani kelishi bilan 1-2ta mashg'ulot orqali o'zgartirib yubora olmasdi, u ham afsungar emas. Boricha harakat qildi. Mazkur yig'in Kannavaro va uning shtabi uchun tanishuv bosqichini boshlab berdi. Lekin aytib o'tish kerakki, terma jamoamizdagi qator jarohatlar, deylik darvoza chizig'imizdagi O'tkir Yusupovning jarohati Abduvohid Nematovning o'ynashiga imkon berdi. Abduvohir Husanov, Husniddin Aliqulovning jarohati markaziy himoyada, Jaloliddin Masharipov, ikkinchi o'yinda Abbos Fayzullaeveing jarohati ekspriment qilishga majbur qildi. Zaxira kuchlarini ko'rib olish imkonini berdi. Raqiblarga kelsak, Kuvayt terma jamoasi kuchsiz raqib ekanligi oldindan malum edi. Kuvayt oldingi darajasida emas. Uchinchi saralash bosqichining 10 ta o'yinida biror marotaba g'alaba qozona olmaganligidan bilish mumkinki, bizga  munosib sparring raqib emasdi. Kuvaytga qarshi eng kuchli tarkibimiz ham emasdi. Kannavaroning ilk o'yinidagi tarkibi o'rtacha kuchga ega tarkibimiz edi. Shu tarkibimiz ham Kuvaytni bemalol mag'lub eta oldi. Shu bois bu bahsning foydali tomonlari ko'p bo'ldi deya olmayman. Urugvay bilan esa terma jamoamizning ko'p kuchsiz nuqtalarini ko'rib oldik. Futbolchilarning jismoniy tomonlari yaxshi emasligini, 90 daqiqagacha dosh bera oshmasligini ko'rsatib qo'ydi. Kannavaroga bu yaqqol ko'rindi. O'yinni dastlabki daqiqalarida bemalol o'ynagan bo'lsak, oxirgi yarim soatda futbolchilarimiz toliqqandan keyin Urugvay o'zining o'yini, jarima maydonimizga yorib kirishlari davom etdi va 2 ta to'p kiritdi. Eng qizig'i, bu Urugvayning eng kuchli tarkibi emasdi. Misol uchun, Yaponiya Braziliyani taslim qildi. Janubiy Koreya Paragvayni engdi. Biz Urugvayga mag'lub bo'ldik, bu tarkibni Jahon chempionatiga moslashtirish, katta darajada tayyorgarlik ko'rmasak ertaga mundialda uyalib qolishimiz mumkin. Qurada shunisi aniqki birinchi savatchadan eng kuchli jamoalar ro'baro' keladi. Ularga qarshi juda qiyin bo'ladi. Bu narsalarni oldini olish kerak. Kannavaroda hali 8 oy vaqt bor. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish kerak. O'zbekiston Jahon chempionatiga borib, sharmanda bo'lib qaytishi kerak emas. Jarohatdagilarga tezroq sog'ayishlarini   tilayman. Ularsiz terma jamoamiz oddiyroq jamoadek ko'rinib qolyapti. O'tkir Yusupov matonatli yigit, birinchi raqamli posbonimiz. Hamma futbolchilarimiz sog' bo'lishsin, jarohati borlar tezroq safga qaytishlarini tilab qolaman",- deydi Ulug'bek Mirzaev.

Top-5 (Haftalik)
Popular tags
Our Newsletter Subscribe Now!

Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.