MTJ etakchisi Otabek Shukurov Urugvayga qarshi bahsdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Urugvay jahon futbolida o'z o'rniga ega jamoa. Bunday o'yinlar terma jamoa uchun juda muhim. Sababi mundialda shunday katta jamoalarga qarshi o'ynaymiz. Har bir yig'inda mana shunday darajadagi jamoalarga qarshi o'ynashimizni istardim. Shunday o'yinlar orqali Jahon chempionatini his qilib olamiz. Bugungi o'yin biroz qiyin bo'ldi, ammo qanday holatda ekanligimizni bilib oldik. Asosiy tarkibimizning 7 nafar futbolchisi bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmadi. Urugvayda ham shunday holat. O'zim ham tiklanish jarayonining so'nggi bosqichidaman. Urugvayning "uchinchi" tarkibi ham yaxshi jamoa bo'lsa kerak.Lotin Amerikasi jamoalari jismoniy jihatdan ancha kuchli. Biz Osiyo jamoasimiz va biz Evropa, Afrika va Lotin Amerikasi jamoalariga qarshi ko'proq o'ynab, jismoniy holatimizni yaxshilab olishimiz mumkin", - dedi Otabek Shukurov bahs yakunlangach.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.