Bosh sahifa / Van Basten van Deyk haqida: "U dunyoning eng yaxshi himoyachisi bo'lishi mumkin, lekin etakchi emas"
abc
Van Basten van Deyk haqida: "U dunyoning eng yaxshi himoyachisi bo'lishi mumkin, lekin etakchi emas"
  • 1566 | 15.10.2025 13:55

Terma jamoa sobiq etakchisi "Liverpul" himoyachisi haqida fikr bildirdi.

Yakshanba kuni Niderlandiya terma jamoasi JCH-2026 saralashida Finlyandiyani 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Marko van Basten ushbu o'yin haqida fikr bildirar ekan, Virjil van Deykda etakchilik xislatlari etishmasligi haqida gapirdi."Menimcha, van Deyk etakchi bo'lishi kerak. U namuna ko'rsatishi va harakatlantiruvchi kuch bo'lishi lozim. Men unda buni ko'rmayapman. Uning xarakteri menga yumshoq tuyuladi.U ajoyib o'yinchi, ehtimol dunyoning eng yaxshi himoyachisi. U boshi bilan o'ynay oladi, tez, baland bo'yli va maydonni yaxshi ko'radi. Ammo u jamoani ortidan ergashtiradigan etakchi emas... va bu aslida jamoaga foyda keltirgan bo'lardi. Umid qilamanki, Arne Slot unga biror narsa o'rgata oladi," - dedi Niderlandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ziggo Sport efirida.

Top-5 (Haftalik)
Popular tags
Our Newsletter Subscribe Now!

Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.