FIFA Jahon kubogi dunyodagi eng ko'p daromad keltiruvchi sport musobaqasidir.
Tashkilot 2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida bo'lib o'tgan mundialdan etiboran turnirning final bosqichida ishtirok etgan futbolchilarning klublariga kompensaciya pullari to'lab bergan. Afrikadagi Jahon kubogida klublar o'rtasida taqsimlangan pul umumiy hisobda 40 million AQSH dollarini tashkil etgan bo'lsa, Qatarda o'tkazilgan mundialda bu summa 209 million AQSH dollari miqdorida bo'ldi. Arab diyorida o'tgan ilk Jahon kubogini guruh bosqichida tark etgan terma jamoa ham eng kamida 14 kun davomida unda ishtirok etgan hisoblanib, final bosqichidagi har bir kun uchun bir nafar futbolchiga 10950 AQSH dollaridan kompensaciya to'langan. Demakki, Qatardagi Jahon kubogida futbolchilari ishtirok etgan klublar ularning har biri uchun eng kamida 153300 AQSH dollaridan kompensaciya olgan.2026-yilda Kanada, Amerika Qo'shma Shtatlari hamda Meksika maydonlarida bo'lib o'tadigan Jahon kubogidan etiboran esa Club Benefits Program — Klublarning foyda ko'rish dasturida bir qator tamoyillar o'zgarmoqda. Avvalo, bu galgi musobaqa uchun ajratilgan kompensaciya pullarining umumiy miqdori rekord daraja — 355 million AQSH dollariga etdi. Ushbu summaning 100 million AQSH dollariga teng qismi esa musobaqaning qitaviy saralash bosqichlarida ishtirok etish uchun o'z futbolchilarini terma jamoalar ixtiyoriga yuborgan klublar o'rtasida taqsimlanishi belgilandi. Buning uchun, futbolchi Jahon kubogi saralash bosqichi doirasidagi rasmiy uchrashuvda o'yin qaydnomasiga kiritilgan bo'lishi talab etiladi. Bunda, futbolchi terma jamoasi bilan Jahon kubogiga yo'llanma olgan yoki olmagani ahamiyat kasb etmaydi. Shuningdek, avvalgi tamoyillar bo'yicha futbolchi uchun kompensaciya olishga u so'nggi ikki mavsum davomida ro'yxatdan o'tkazilgan klubgina haqli hisoblangan bo'lsa, endilikda o'z tarkibidagi futbolchini Jahon kubogi va uning saralash bosqichlari uchun terma jamoa ixtiyoriga yuborgan istalgan klub dastur doirasidagi pullarni qabul qilib olishi mumkin.O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon kubogiga yo'llanma olishi mamlakatimiz futboli tarixida o'chmas iz qoldirgan bo'lsa, endi o'z futbolchilarini Jahon kubogi va uning saralash bosqichlari doirasidagi o'yinlarga yuborgan klublarimizning FIFA dasturi natijasida daromad topishlari uning iqtisodiy holatiga ham ijobiy tasirini ko'rsatadi. Misol uchun, Jahon kubogi saralashining so'nggi ikki bosqichi doirasida Abduvohid Nematov 15 marotaba, Sherzod Nasrullaev 12 marta, Akmal Mozgovoy 10 marta, Zafarmurod Abdurahmatov 4 marotaba, G'olib G'aybullaev 2 bor va Alibek Davronov bir marta O'zbekiston terma jamoasining o'yin qaydnomasiga kiritildi hamda ushbu futbolchilar barcha uchrashuvlarga Nasaf futbolchisi sifatida jalb etildi. Bundan tashqari, Umar Eshmurodov umumiy 13 ta uchrashuvning 4 tasida, Bobur Abduxoliqov umumiy 11 o'yinning 8 tasida Nasaf futbolchisi bo'lgan. Demak, Qarshi klubi ushbu futbolchilarning har bir uchrashuvi uchun malum miqdorda kompensaciya pullarini ishlab topadi.O'z navbatida, Superliga klublarida to'p tepayotgan bir qator legionerlar ham Jahon kubogi saralashi doirasida o'z terma jamoalari safida maydonga tushdilar. Jumladan, Joel Kojo va Kimi Merk kabi futbolchilar Qirg'iz Respublikasi bilan JK saralashida ishtirok etishdi. Tojikiston terma jamoasi azolari Zoir Jo'raboev hamda Ehsoni Panshanbe kabilar ham Superligadagi faoliyatlari davomida qo'shnilarimiz safida mundial kvotasi uchun kurash olib bordilar. Ushbu futbolchilarning saralash davridagi huquqiy egasi bo'lgan klublar ham o'z-o'zidan Club Benefits Program ishtirokchilariga aylanib, malum miqdorda kompensaciya puli oladilar.Saralash bosqichi uchun ajratilgan 100 million AQSH dollari dunyo bo'ylab jami minglab klublar o'rtasida taqsimlanishidan kelib chiqsak, bu juda ham katta pul bo'lmasligi mumkin. Biroq, agar o'zbek klublari tarkibidagi futbolchilar o'z terma jamoalari bilan Jahon kubogida ishtirok etsalar, bu klublar byudjeti uchun bir necha yuz ming AQSH dollari, demakdir.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.