Bosh sahifa / Savodxonlik darajasi 90% bo'lgan vulqonlar mamlakati ham JCHda ishtirok etadi
abc
Savodxonlik darajasi 90% bo'lgan vulqonlar mamlakati ham JCHda ishtirok etadi
  • 1494 | 15.10.2025 17:50

JCH-2026 ishtirokchisi haqida siz bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar.

Kabo-Verde – kichik, ammo juda qiziqarli malumotlarga ega mamlakat!Rasmiy nomi – Kabo-Verde Respublikasi.Poytaxti – Praya.Aholisi – 583.25 mingMamlakatdagi rasmiy til – portugal tili. Mahalliy aholining aksariyat qismi kundalik turmushda eski portugal tiliga asoslangan kreol (koloniya davlatlarida mahalliy aholi va Evropaning turli  mamlakatlari (ingliz, francuz yoki portugal) tillari qorishishi oqibatida yuzaga kelgan tildan foydalanadi. Mamlakatning ko'p joylarida ingliz yoki francuz tillarida so'zlasha olasiz.Pul birligi – Kabo-Verde Eskudosi. Uning qiymati evroga qattiq bog'liq.Vaqt mintaqasi – UTC-1. Iqlim va ob-havo. Kabo-Verdeda yil davomida quruq va anchayin qulay tropik iqlim hukmronlik qiladi. O'rtacha havo-harorati +26°Sni tashkil qiladi. Tropik yomg'irlar mavsumi esa avgust-oktyabr oylariga to'g'ri keladi, biroq umumiy olganda mamlakatda yog'ingarchilikni u qadar ko'p deb bo'lmaydi.Atlantika o'rtasidagi orollarKabo-Verde — quyosh nuri va okean suvlarida joylashgan 10 ta vulqon oroli. Afrikaning eng tinch "burchagi"Hech qanday urush, diktatorlar va davlat to'ntarishlari — tinchlik, qo'shiqlar, raqs va tabassum.Fogu vulqoni — mamlakatning yuragiEtiborli jihati vulqon bundan bor yo'g'i 11 yil avval ham o'zini barchaga eslatib qo'ygan. Otilish balandligi esa okean sathidan 3 km balandlikkacha ko'tarilgan. Odamlar va hayot tarziEng katta diasporalardan biriBoshqa davlatlarda mamlakat aholisidan ikki barobar kabo-verdeliklar istiqomat qilishadi! Eng ko'pi — Portugaliya, Niderlandiya va AQSHda. Savodxonlik darajasi o'ta yuqori — taxminan 90% Bu Afrikadagi eng yaxshi ko'rsatkichlardan biri sanaladi"Kichik mamlakat — katta yurak"Aholisi — rasmiy malumotlarga ko'ra 600 mingdan kamroq, qator manbalarda 583.25 ming. Qizig'i, ularni dunyodagi eng ko'p tabassum qiladiganlar deb atashadi.JCH-2026 AFK (Afrika futbol konfederaciyasi) saralashida Kabo-Verde "D" guruhidan joy olgandi. Quradan so'ng guruhning yaqqol favoriti sifatida Kamerun terma jamoasi etirof etilganiga qaramay, Kabo-Verde safarda imkoniyatni boy bergan bo'lsada, o'z maydonida nomdor raqibni taslim qila oldi. Yakuniy jadvalda (7 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat bilan) Kabo-Verde birinchi o'rinni egalladi va ikkinchi o'rindagi Kamerunni 4 ochkoga ortda qoldirdi.Tarixiy o'yin. Saralashning so'ngi uchrashuvida Kabo-Verde o'z uyida Esvatini terma jamoasini 3:0 hisobida engdi. Ushbu bahsda Daylon Livramento, Villi Semedo va Stopira gollarga mualliflik qilishdi.Aholi soni bo'yicha mundial ishtirokchilari ichida eng kichik mamlakatlardan biri.Aholisi taxminan 525 – 600 ming (rasmiy malumotga ko'ra 583.25 ming) va ular Jahon chempionatiga chiqqan aholisi eng kam ikkinchi davlat (birinchisi — Islandiya, 2018 yilda).Kabo-Verde terma jamoasi bosh murabbiy Pedru "Bubista" Leytan Britu 1970 yilning 6 yanvarida tavallud topgan, sobiq futbolchi. Murabbiy sifatida mahalliy "Mindelensi", "Akademika du Mindelu", "Sporting Praya" va "Batuke" klublarida ishlagan. Keyinchalik terma jamoada bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borib,   Ilgarigi poziciyasi: markaziy himoyachiTerma jamoani boshqarishni 2020 yillar atrofida boshlaganUning qo'l ostida jamoa ilk bor Jahon chempionatiga chiqdiO'yin uslubi: Murabbiy uchun eng muhimi intizom hisoblanadi. Uning jamoalari odatda 4-3-3 yoki 4-2-3-1 taktik tizimida harakat qilishadi. Jamoaviy ruh — har bir o'yinchi o'z rolini aniq biladi. Shuningdek, mutaxassis diasporaga alohida etibor beradi. Aytib o'tganimizdek, kabo-verdeliklarning ancha-munchasi boshqa mamlakatlarda istiqomat qiladi. Futbol federaciyasi, jumladan, murabbiy ana shunday Evropada tug'ilgan futbolchilarni muntazam ravishda kuzatib boradi va terma jamoaga taklif qiladi.Mashhur futbolchilariStopira — to'liq ismi Ianike dos Santos Tavaresh, himoyachi.Tavaresh 1988 yil 20 may sanasida Nussa-Senora-da-Grasada dunyoga kelgan, hozir Portugaliyaning Ikkinchi ligasi ishtirokchisi "Torrense" klubi sharafini himoya qiladi. 37 yoshli himoyachi Esvatiniga qarshi tarixiy uchrashuvda gollardan biriga mualliflik qildi. Rayan Mendesh — to'liq ismi Rayan Isaak Mendesh Grasa, jamoa sardori va hujumchi. Rayan 1990 yil 8 yanvar sanasida Mindelu shahrida dunyoga kelgan. Afrika millatlar kubogi (AFCON-2023) turnirida jamoasini chorak finalgacha etib borishiga katta hissa qo'shgan. Turkiyaning "Kojalispor" klubi sharafini himoya qiladi.Daylon Livramento — to'liq ismi Daylon Rosha Livramento do Rosario, hujumchiDaylon 2001 yil 4 may sanasida Niderlandiyaning Rotterdam shahrida tavallud topgan. Esvatini bilan o'yinda hisobni ochgan Daylon jamoaning saralashdagi to'purari ham bo'ldi. Futbol muxlislari uchun bonus:Kabo-Verdeda futbol — milliy ehtiros darajasida!Deyarli har bir orolning o'z futbol jamoasi bor. JCH-2026 esa mamlakat miqyosidagi bayramga aylanib, odamlar bir necha kun buni nishonlashdi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, xududi kichik, lekin odamlari o'zimiznikilarga o'xshab ketadigan bag'rikeng, xushchaqchaq va eng muhimi Kabo-Verde ham tarixda ilk bor mundialda ishtirok etadi. Ular uchun shuning o'zi katta natija. Bevosita musobaqadagi natija qanday bo'lishi unchalik ahamiyatli emas, u qanday bo'lsada, yangi tarixning boshlanishi bo'ladi! Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Top-5 (Haftalik)
Popular tags
Our Newsletter Subscribe Now!

Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.