Hujumchi Angliyaning asosiy maqsadi g'oliblik ekanini aytdi.
Harri Keyn Angliya terma jamoasi JCH-2026da g'alaba qozonishni maqsad qilganini malum qildi. Angliya jamoasi Latviyani saralash o'yinida mag'lub etgach (5:0), turnirga rasman yo'llanma oldi."Bizning maqsadimiz har doim shunday. Saralash bosqichini alo darajada boshladik. Odamlar bizning saralashdan o'tishimizni kutishgandi, ammo buni amalga oshirish uchun maydonga tushib, ishni bajarish kerak edi.Serbiyaga qarshi o'yinni (5:0) juda yuqori darajada o'tkazdik va keyingi barcha o'yinlar uchun aynan shunday meyorni o'rnatishimiz lozim. Albatta, jahon chempionati yo'lida bizni yanada murakkab uchrashuvlar kutayotganiga umid qilaman.Biz uzoq yo'lning boshidamiz, bu yo'lda yutuq va mag'lubiyatlar ko'p bo'ladi. Yangi murabbiy [Tomas Tuxel] bilan jamoa ruhini shakllantiryapmiz, chunki turnirga chiqqach, olti-etti hafta birga bo'lamiz, shu bois bir-birimiz bilan chiqishib ketishimiz muhim.Yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz, lekin hammasi u erga borganimizdagi qatiyatimiz va maqsadga intilishimizga bog'liq bo'ladi.Tuxel yirik turnirlarda ajoyib natijalarga erishgan. Masalaning mohiyati mana shunda. Ko'plab kuchli jamoalar bor va biz ulardan birimiz, ammo oxir-oqibat hamma narsa kerakli paytda qaysi jamoa o'zini yig'ib olishiga bog'liq.Turnir lahzalardan iborat bo'ladi. Biz muhim daqiqalarda g'alaba qozonish va muvaffaqiyatga intilish tufayli ikkita finalga chiqdik, ammo so'nggi lahzada muvaffaqiyatga erisha olmadik. Ammo bu bizga u erda bo'lishimiz va yana bir qadam oldinga siljishimiz mumkinligiga ishonch bag'ishlaydi," - dedi Angliya terma jamoasi va "Bavariya" hujumchisi Harri Keyn.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.