Kenan Yildizga bir nechta top-klublar qiziqish bildirmoqda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "Yuventus"ning turkiyalik vingeri bilan "Chelsi", "Arsenal" va "Barselona" jamoalari qiziqmoqda. Malumotlarga ko'ra, yozda "Chelsi" 67 million evro taklif qilgan, ammo bu taklif rad etilgan.Futbolchining o'zi esa Turin klubida qoladigan bo'lsa, maoshining oshishini istamoqda. Hozirda u yiliga 1,7 million evro maosh oladi, ammo "Yuventus"dagi Jonatan Devid darajasiga yaqin — taxminan 6 million evro atrofida maosh so'ramoqda.Joriy Seriya A mavsumida turkiyalik futbolchi 6 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 3 ta golli pas berdi.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.