Aleksandr Kokorin Rossiyada futbolchilarning maoshlari haqida fikr bildirdi.
"Rossiyada umuman olib qaraganda futbolchilarga juda erta ko'p pul berishadi. Bu haqiqat. Savol berishganda, men doimo shunday deyman: ha, haqiqatan ham ko'p. Katta pullar — ham maoshlar, ham mukofotlar. Lekin bu raqamlarni biz o'zimiz yozib olmaymiz-ku! Biz nima, rad etishimiz kerakmidi?Albatta, bu boshga qattiq zarba. Agar hisoblab chiqilsa, futbolchilarning yarmidan ko'pi shundan keyin "ketayotgan" yoki faoliyatini tugatayotgan bo'lgan. Ko'plab legionerlar ham bu holatga dosh bera olmagan. Ular kelib, Moskvadan, yaxshi shartnomalardan hayratda qolishgan", — dedi hozirda "Aris" klubida o'ynayotgan sobiq "Dinamo" va "Zenit" hujumchisi Aleksandr Kokorin.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.