"Manchester Siti" Edersonga o'rinbosar sifatida "Portu"ning 25 yoshli darvozaboni Diogu Koshta nomzodini ko'rib chiqmoqda.
"Shaharliklar" portugaliyalik futbolchini kelasi yozda sotib olishi mumkin.Koshtaning shartnomasida 63 mln funt sterling (73,7 mln evro) miqdoridagi tovon puli bor. "Manchester Siti"dagilar bu summani oshirilgan deb hisoblamoqda. Biroq, ingliz klubining yangi sport direktori Ugo Viana va 25 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendesh o'rtasidagi yaxshi munosabatlar tufayli "shaharliklar" Koshtani 50 million funt sterlingga (58,5 million evro) sotib olishni kutmoqda.Koshta joriy mavsum barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushdi va ularning 18 tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 38 mln evroga baholamoqda.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.