"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne qariyb o'n yil davomida o'zining uyidek bo'lib qolgan klub bilan xayrlashishga yaqinlashmoqda.
"Shaharliklar" bilan xayrlashish qarori qabul qilingan bo'lsa-da, belgiyalik futbolchi hali yangi klubi borasida qaror qabul qilmagan. Biroq variantlardan biri ko'pchilikni hayratda qoldiradi.Malum bo'lishicha, De Bryuynening xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kevinning o'zi ehtimoliy o'tish haqida xabardor ekanligi va boshqa takliflar qatorida buni ham ko'rib chiqishga tayyor ekanligini tasdiqladi:"Ochig'ini aytganda, hozircha qaerga borishimni bilmayman. "Siti"dan ketish qarori yaqindagina qabul qilindi.Men manfaatdor tomonlar bilan suhbatlashib, o'z jamoasida haqiqatan ham ko'rishni xohlaydiganlarni aniqlashim kerak bo'ladi", – dedi u.Mavsumning birinchi yarmidagi jarohatlarga qaramay, 33 yoshli De Bryuyne "Siti" uchun 33 o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urish va 8 ta golli uzatma berishga ulgurdi. Uning tajribasi, maydonni ko'ra bilishi va etakchilik xislatlari hamon yuqori darajadagi klublarning etiborini tortmoqda.Agar "Arsenal"ga o'tishi amalga oshsa, belgiyalik futbolchi nafaqat Angliyada qoladi, balki "shaharliklar"ning asosiy raqobatchilaridan birini yanada kuchaytiradi.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.