"Chelsi" futbolchisi Ris Jeyms jamoasi Konferenciyalar ligasiga hurmatsizlik ko'rsatgani haqida gapirdi.
Enco Mareska shogirdlari musobaqaning chorak finalida "Legiya" maydonida 3:0 hisobida g'alabaga erishgandi. Javob o'yinida londonliklar o'z maydonida 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi."3:0 hisobida oldinda borayotgandik, balki aynan shu sababli biz juda bo'shashdik. Biz oldinga harakatlanamiz, buni zinhor ortga qadam deb hisoblamayman.Balki biz turnirga hurmatsizlik qilgandirmiz. Agarda o'yinga yuqori darajada tayyorlanmasang, buning to'lovini to'lashing kerak bo'ladi.Bu kayfiyatga ham tasir qiladi. Bunday narsalar miyada qolib ketadi. Muxlislarning bu holatini tushunsa bo'ladi. Odamlar hissiyotlar bilan bizning o'yinin ko'rgani kelishadi. Bugun esa bizni tomosha qilishning o'zi og'ir edi", - dedi Jeyms.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.