Bosh sahifa / "Manchester Siti" Husanovga Italiya A Seriyasidan raqobatchi topdi
abc
"Manchester Siti" Husanovga Italiya A Seriyasidan raqobatchi topdi
  • 562 | 18.04.2025 16:50

"Manchester Siti" Angliya va Evropa futboli cho'qqisi qaytish yo'lida keng ko'lamli qayta qurishni boshlamoqda.

"City Xtra" portalining xabar berishicha, himoya chizig'iga alohida etibor qaratiladi.Qayd etilishicha, "shaharliklar" "Udineze"ning 25 yoshli franciyalik himoyachisi Umar Solega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Narxi 30 mln evroga baholangan himoyachi "Liverpul" va "Chelsi"ning short-listida bor, ammo aynan "Siti" faol muzokaralarni birinchi bo'lib boshlagan."Siti" qishda Abduqodir Xusanov va Vitor Reysni sotib oldi. O'zbekistonlik yosh himoyachi tezda moslashib ketdi va boshlang'ich tarkibda bir necha uchrashuvda maydonga tushdi.Manbalarga ko'ra, Xosep Gvardiolaning shaxsan o'zi Husanov bilan yozda yanada yaqindan ishlay boshlashi, uni kelajakda asosiy himoyaviy rolga tayyorlashni rejalashtirgan. "Shaharliklar" bosh murabbiyi 20 yoshli iqtidorning salohiyatiga ishonadi va uni kelasi mavsumgacha "Siti" tizimiga to'la moslashtirmoqchi.Solening qo'shilishi raqobatni kuchaytirishi kerak, biroq klub asosiy jamoaning hozirgi o'yinchilaridan – Ake, Stounz yoki Akanjining ketishi mumkinligini inkor etmayapti.Shu bilan birga, "Yuventus"dan Andrea Kambyasoni transfer qilish varianti ko'rib chiqilmoqda, bu klub rahbariyati jiddiy maqsadlarni oldiga qo'yganini anglatadi.

Top-5 (Haftalik)
Popular tags
Our Newsletter Subscribe Now!

Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.