Madridning "Real" klubi braziliyalik vinger Rodrigo uchun narx belgiladi.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira yozmoqda.Qayd etilishicha, madridliklar futbolchini 120-130 mln evroga qo'yib yuborishga tayyor. Rodrigoga APLning nomi oshkor etilmagan ikki klubi qiziqish bildirgan."Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionatida PSJga mag'lub bo'lib (0:4), turnirni tark etdi. Rodrigo turnirda uchta o'yin o'tkazdi (92 daqiqa) va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.