�Manchester Yunayted� �Real� yarim himoyachisi Orelen Tchuameniga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Qizil iblislar“ futbolchining transferi uchun 90 million evro berishga tayyor. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda. Biroq ushbu transferga “qirollik klubi“ bosh murabbiyi Xabi Alonso qarshilik ko'rsatgan. Murabbiy franciyalik futbolchining o'yinidan mamnun va uni jamoaning asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rmoqda.Malumot uchun, 25 yoshli futbolchi 2022 yildan beri “Real“ safida harakat qilib kelmoqda. U yakunlangan mavsumda 58 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 1 ta golli uzatma bor. Futbolchining “Real“ bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.