Bosh sahifa / Sanjar Quvvatov: "Uzoqdan gol o'tkazib yuborgan o'yinimida to'p engil, maydon esa plyaj futboliniki edi. Yaxshi o'yin bo'lishi uchun yaxshi maydon kerak"
abc
Sanjar Quvvatov: "Uzoqdan gol o'tkazib yuborgan o'yinimida to'p engil, maydon esa plyaj futboliniki edi. Yaxshi o'yin bo'lishi uchun yaxshi maydon kerak"
  • 6 | 13.04.2025 14:45

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" � "Qizilqum" uchrashuvidan keyin mehmonlar darvozaboni Sanjar Quvvatov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi o'yin qanday o'tdi deb o'ylaysiz?- Bugun yaxshi o'yin bo'ldi. Natija, albatta, qoniqtirmadi, sababi maydonda bir kishi ko'p bo'lib qolishimizga qaramay, ustunlikdan foydalana olmadik. Lekin jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman, chunki ular o'yin so'ngiga qadar kurashishdi. Keyingi o'yinlarda g'alaba uchun harakat qilamiz.- "Qizilqum" o'yin yakuniga 15-20 daqiqa qadar vaqt qolganda bir kishi ko'p bo'lib qolganiga qaramay, himoyaviy o'yinni davom ettirdi. Jamoa Toshkentga durangni maqsad qilib kelgandek taassurot qoldirdi.- Yo'q, biz g'alaba uchun kelgandik. Taktikamiz qarshi hujumdan iborat edi. Biz murabbiylar ko'rsatmalariga asosan harakat qildik. Himoyaga to'liq yotib olganimiz yo'q, hujumlar tashkil qildik. Qisqa aytganda, o'z taktimizdan chetga chiqmagan holda qarshi hujumlarda o'z omadimizni sinab ko'rdik.- Sizni penaltilarni qaytarishda mohir ekanligingizni bilamiz. Biroq so'nggi o'yinlarda uzoq masofadan gol o'tkazib yuborganingizga guvoh bo'ldik. Darvozabon uchun qay biri noqulay: uzoq masofadan kuchli zarba yoki yaqin masofadan yo'llangan zarba?- Uzoq masofadan o'tkazib yuborilgan golni izohlasam, o'sha to'p meyoridan ancha engil vazndagi to'p edi, bunday to'pda yo'llangan zarbani qaytarish esa barcha darvozabon uchun qiyinchilik tug'diradi. Qolaversa, maydonning yomonligi tasir o'tkazdi. Bir kun avval mashg'ulotlardayoq jahlim chiqishni boshladi. Chunki darvozabon uchun bunday maydon plyaj maydonida futbol o'ynaganga o'xshaydi. O'sha o'yinda ("Buxoro"ga qarshi o'yin nazarda tutilmoqda. O'yin "Jar" stadionida o'tkazilgan – tahririyat) ikki oyog'im qumga kirib qolgani uchun sakray olmadim. To'p sakrashi ham kerak emasdi. Yaxshi maydon bo'lganida, to'pni bemalol ushlab olish mumkin edi. Shu bois, maydonga ko'proq etibor berishlarini xohlardim. Yaxshi futbol guvohi bo'lish uchun maydon yaxshi bo'lishi kerak. "Bunyodkor" yuqori standartlarga javob beradigan maydon hisoblanadi. 

Top-5 (Haftalik)
Popular tags
Our Newsletter Subscribe Now!

Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.