"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Rio Ferdinand Chempionlar Ligasi doirasidagi "Real" va "Arsenal" o'rtasidagi qarama-qarshilik haqida gapirdi.
Londonliklar birinchi o'yinda o'z maydonida madridliklarni 3:0 hisobida mag'lub etdi."O'ylaymanki, bu uchta gol "Arsenal" uchun etarli bo'lmaydi. Hozirda "Real" qanchalik yaxshi ekanini bilmayman. Biroq sizda shunday hujumchilar bo'lsa, uyda "Arsenal"ga qarshi o'yinda bemalol uchta gol urishingiz mumkinligini bilaman", – dedi Ferdinand.16 aprel, chorshanba kuni "Real" va "Arsenal" o'rtasidagi Chempionlar Ligasi chorak finalining javob uchrashuvi o'tkaziladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.