Bosh sahifa / Abdumavlon Abdujalilov: "Ikki jamoa ikki xil maqsadda maydonga tushdi"
abc
Abdumavlon Abdujalilov: "Ikki jamoa ikki xil maqsadda maydonga tushdi"
  • 7 | 13.04.2025 14:15

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" � "Qizilqum" uchrashuvidan keyin mezbonlar darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qizilqum"ga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. Ikkita jamoa maydonga ikki xil maqsadda tushganiga guvoh bo'ldik. Biz faqat uch ochkoni ko'zlagandik, ammo har doim ham g'alaba qozonish nasib etavermaydi. Muhimi, imkoniyatni boy bermadik.Mavsum boshidagi o'yinlarda jamoalar bir-birini yaxshi o'rganmagani sababli ochiq futbol namoyish etildi. So'nggi turlarda esa raqiblarimiz himoyaviy o'yinni afzal ko'rib, qarshi hujumga tayangan holda o'yin namoyish etishga harakat qilmoqda. Zich himoyani yorib o'tish esa qiyinchilik tug'dirmoqda. Bugun jamoamiz ilk marotaba maydonni golsiz tark etdi. Bunday o'yinlar uchrab turadi. Har doim gol urishning ham imkoni yo'q. Yuqorida takidlaganimdek, "Bunyodkor"ga qarshi raqiblar zich o'ynashni maqul ko'rishmoqda", dedi 30 yoshli futbolchi.

Top-5 (Haftalik)
Popular tags
Our Newsletter Subscribe Now!

Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.