Superliga 5-turi doirasidagi Dinamo - So'g'diyona (1:1) o'yinidan keyin jizzaxliklar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.
«Jangovar durang bo'ldi. Birinchi bo'limda jamoam kutganimdek o'yin ko'rsatdi. Ha, dastlabki 15-20 daqiqa raqib bosim qildi, keyin esa barchasini to'g'ri bajardik. Ikkinchi bo'limda esa yaxshiroq o'ynadik, himoyada ham ishonchliroq ko'rindik. Raqib faqat dastlabki daqiqalarda tajovuzkor bo'ldi. Sababi ular kuchli pressing bilan bizning oldinroqqa chiqishimizga yo'l qo'yishmadi. Tanaffusdan keyingi o'zgarishlarim ish berdi. Qator imkoniyatlardan foydalana olmadik, deb o'ylayman. Hozirgi «Dinamo»dek raqib bilan o'yindan bir ochkodan qoniqmaslik mumkin emas. O'ylaymanki, bu ijobiy natija. Shunga qaramay, yuta olmaganimizdan kichik afsuslanish qoldi«Dinamo» oldin hozirgidek agressiv jamoa emasdi, bu borada kuchayibdi, buni etirof etishim mumkin. Shu bois bir ochko hozir yomon natija emas.Bu yil ham chempionatda favoritlar ko'p, hattoki o'tgan yilgidan ham ko'ra ko'proq degan bo'lardim. Ko'p jamoalar tengkuchli bo'ladi. O'yinlar tomoshabop o'tmoqda, stadionlar muxlislar bilan to'layotgani meni xursand qiladi. Mana shunday o'sishda davom etayotgan chempionatda ishlayotganimdan mamnunman», - dedi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.