"Manchester Yunayted" yozda "Atalanta"ning braziliyalik xavbeki Edersonni qo'lga kiritishga urinib ko'radi.
Klub angliyalik Kobbi Meynuning kelajagi noaniqligi sabab yangi yarim himoyachi sotib olmoqchi. Gap shundaki, futbolchi "qizil iblislar" bosslaridan maoshini oshirishni talab qilmoqda.MYU yozda futbolchini sotib yuborishi mumkin. Aynan Ederson ingliz grandi uchun asosiy nomzod hisoblanadi. Braziliyalik futbolchi "Atalanta" safida jami 132 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urgan va 4 ta golga hammualliflik qilgan. Transfermarkt portali xavbekni 50 mln evroga baholamoqda.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.