Bosh sahifa / "Real" 17 yoshli futbolchi uchun kurashda PSJni ortda qoldirdi
abc
"Real" 17 yoshli futbolchi uchun kurashda PSJni ortda qoldirdi
  • 479 | 05.06.2025 17:20

Madridning "Real" klubi "River Pleyt"ning 17 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuononing transferini hal qildi.

Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog'ida malum qildi.Manbaga ko'ra, transfer qiymati 45 million evroni tashkil qiladi. Futbolchi va "qirollik klubi" o'rtasidagi shartnoma to'liq kelishilgan va 2031 yilgacha mo'ljallangan.Avvalroq OAVda Mastantuono "Pari Sen-Jermen" tarkibini to'ldirishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Qayd etilishicha, argentinalik futbolchi Franciya grandi bilan dastlabki kelishuvga erishgan va 2026 yilda klubga o'tishi kerak edi.Mastantuono 2019 yildan beri "River Pleyt" tizimida. Futbolchi asosiy jamoada 2024 yil boshidan beri o'ynamoqda. U o'tgan davr mobaynida jami 61 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Buenos-Ayres klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 31 dekabriga qadar imzolangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.

Top-5 (Haftalik)
Popular tags
Our Newsletter Subscribe Now!

Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.