Bosh sahifa / PSJ Chempionlar ligasi bir mavsumida 148,4 million ishlab topdi. Nega buncha ko'p?
abc
PSJ Chempionlar ligasi bir mavsumida 148,4 million ishlab topdi. Nega buncha ko'p?
  • 523 | 02.06.2025 17:10

31 may kuni PSJ Myunxenda "Inter"ni mag'lub etdi (5:0) va o'z tarixida ilk bor Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.

Uzoq kutilgan sovrindan tashqari, klub kattagina mukofot pullarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Faqatgina finaldagi g'alaba parijliklarga 10,5 million evro keltirdi - g'alaba uchun 6,5 va Evropa Superkubogiga yo'llanma uchun 4 million evro.Football Meets Data portali malumotiga ko'ra, PSJning bir mavsumdagi umumiy daromadi 148,4 mln evroni tashkil etdi va bu Chempionlar Ligasi uchun rekord ko'rsatkichdir.Turnirdagi ishtiroki uchun barcha jamoalar 18 million evrodan olishdi. Liga bosqichida jamoa har bir g'alaba uchun 2,1 million evro, durang uchun esa 700 ming evro ishlab oldi.  PSJ hisobida 4 g'alaba va 1 durang bor. UEFA kuchli sakkizlikka kirish uchun 2 million evro, guruhdan chiqish uchun (9-o'rindan 16-o'ringacha) - 1 million evro to'lagan.Pley-off o'yinlari uchun jamoalar quyidagicha mukofotlandi:1⁄8 finalga chiqish - 11 million evroChorak finalga chiqish - 12,5 million evro1⁄2 finalga chiqish - 15 million evroFinalga chiqish - 18,5 million evroSovrin miqdoriga telehuquqlar va oldingi ishtroklar uchun to'lovlar ham kiradi: so'nggi besh va o'n yillik evrokuboklardagi ishtroklar natijalari bo'yicha koefficientlar hisoblab chiqilgan. PSJda bu to'lovlar 44,7 mln evrodan ko'proqni tashkil qildi.

Top-5 (Haftalik)
Popular tags
Our Newsletter Subscribe Now!

Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.