Argentinalik afsona Diego Maradona muxlislari futbolchini o'ldirishda ayblanayotgan shifokor Leopoldo Lukega hujum qilishdi. Bu haqda TN xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, muxlislar sud binosi tashqarisida Lukening boshiga bayroq bilan urishgan.Qayd etish joiz, sud 192 nafar guvohni tinglashi, tibbiy ko'rik va xulosalar, audioyozuvlar va shifokorlarning yozishmalarini o'rganishi kerak bo'ladi.Eslatib o'tamiz, avvalroq etti nafar shifokor va hamshira Diego Maradonaning o'limiga aloqadorlikda ayblanib sud qilingani malum bo'lgandi. Ayblanuvchilar argentinalikning o'limiga sabab bo'lgan ehtiyotsizlikda gumon qilinmoqda. Shifokorlar aybi isbotlansa, ular 25 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.Maradona 2020 yilning 25 noyabrida Tigredagi uyida miokard infarktidan vafot etgan edi.
Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.