Bosh sahifa / "Oltin to'p"ga davogarlarning yangilangan reytingi elon qilindi. Kim favorit?
abc
"Oltin to'p"ga davogarlarning yangilangan reytingi elon qilindi. Kim favorit?
  • 10885 | 22.05.2025 16:00

"Oddschecker" tahliliy xizmati malumotlariga ko'ra, PSJ vingeri Usmon Dembele "Oltin to'p"ga asosiy davogar hisoblanadi.

Franciyalik futbolchining so'rovnomada g'alaba qozonish ehtimoli – 40%.Ikkinchi o'rinda "Barselona" vingeri Lamin Yamal. Yosh ispaniyalikning g'alaba qozonish imkoniyati – 33% ni tashkil etmoqda.Keyingi o'rinlarda Yamalning jamoadoshi Rafinya va "Liverpul" vingeri Muhammad Saloh qayd etilgan. Ikkala o'yinchining muvaffaqiyat darajasi 10% ga baholanmoqda."Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Oltin to'p"ga davogarlar beshligini yakunladi. Uning ovoz berishda g'alaba qozonish ehtimoli – 9%.Dembele 1 iyun kuni Chempionlar Ligasi finalida Martinesga qarshi maydonga tushadi. Parijliklar mavsumning asosiy o'yiniga to'liq tarkib bilan yo'l oladi.

Top-5 (Haftalik)
Popular tags
Our Newsletter Subscribe Now!

Aliqm Lorem Ante, Dapibus In, Viverra Feugiat Phasellus.